O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxorolik bokschi qiz xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi
2019-01-21 | Sport
14-21-yanvar kunlari Serbiyaning Sobmor shahrida oʻsmir qizlar va ayollar oʻrtasida boks boʻyicha sakkizinchi “Millatlar kubogi-2019” xalqaro turniri oʻtkazilmoqda. Musobaqada Xitoy, Xorvatiya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Qozogʻiston, Litva, Latviya, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya kabi 21 ta davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi qizlar ishtirok etishmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqa ilk marotaba yurtimiz vakili ham ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini murabbiy Ulugʻbek Baratov murabbiyligi ostida 2003-yilda tugʻilgan bokschi qizimiz Sabina Boboqulova (-48 kg) himoya qildi.
Dastlabki janglarida Qozogʻiston va Germaniya vakillarini magʻlubiyatga uchrata olgan bokschimiz, finaldagi raqibi rossiyalik Anastasiya Kiriyenkodan 5:0 hisobida ustun keldi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, S.Boboqulova 2018-yilning 3-10-dekabr kunlari Qozogʻistonning Almata shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda ham oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.