O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MTM larda qoʻshimcha xizmatlar:ota–onalar farzandlarini kechroq olib ketishlari mumkin
2019-01-21 | Jamiyat
2019-yil yanvaridan Oʻzbekistonning maktabgacha taʼlim muassasalari pullik xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻldilar.Endi davlat MTMlari ota –onalarga qulay shaklda ishlay boshlaydi.
Yaʼni ular ish kuni tugagach ,shuningdek dam olish kunlari ishlashlari hamda qoʻshimcha toʻgaraklar faoliyatini tashkil etishlari mumkin. Maktabgacha taʼlim vaziri A.V.Shinning shu yil 18–yanvardagi №3–MH buyrugʻiga koʻra, davlat MTM larida pullik taʼlim–tarbiya xizmatlarini koʻrsatish tartibi belgilandi.
Buyruqqa koʻra Oʻzbekiston davlat MTMlari quyidagi qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatishlari mumkin: *MTMlarda ish kuni tugagandan keyin va yakshanba kunlari bolalar parvarishi,ularga qarash va oʻqitish; *MTMlarning oʻquv dasturlaridan tashqari sport sogʻlomlashtirish toʻgaraklari(karate, taekvando, suzish, shaxmat–shashka, gimnastika va h.k), badiiy estetik toʻgaraklar(xor, raqs, tasviriy sanʼat va h.k),fan toʻgaraklari(chet tillari, matematika, mantiq, mental arifmetika,informatika va h.k) ni tashkil etish.
Ishlovchi ota –onalar farzandlarini kechqurun uyga olib ketishga kechikayotganligi tufayli ulardan MTM lar ishini uzaytirish boʻyicha takliflar boʻldi.Ammo tarbiyachilarni soat 18:00 dan keyin ishda olib qolish mehnat qonunchiligi normalarining qoʻpol buzilishi boʻlgan boʻlar edi.Pullik xizmatlarning joriy etilishi bu nafaqat MTM ish jadvalini ota–onalar uchun qulay qilish, balki xodimlarga ortiqcha ish uchun haq toʻlash va qoʻshimcha mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi.
Xizmat turlarini tanlash va ularning narxlariga ota–onalar, har guruhdan uchtadan vakillari boʻlgan Kuzatuv kengashi orqali taʼsir koʻrsata oladilar ʼ, –deydi vazirlikning moliyaviy–iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi Sherzod Pardayev.
Xizmat turlari va narxlar MTM kuzatuv kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda mudira va MT hududiy boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoʻshimcha xizmatlar guruhiga qabul ota–onalarning arizalari asosida amalga oshiriladi. Ushbu guruhlarda bolalar soni 25tadan oshmasligi lozim.Xizmatlar ota –onalar xohishiga koʻra ulardan biri va MTM oʻrtasidagi shartnoma asosida taqdim etiladi.
Qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni jalb etilgan mutaxassislar yoki MTM xodimlari ishdan tashqari faoliyat haqidagi kelishuv asosida amalga oshiradilar.Ammo keyingi xodimlar faoliyati oʻquv dasturiga xalaqit bermasligi kerak.
Bunday faoliyatdan olingan mablagʻlarning 80% i MTM moddiy–texnik bazasini mustahkamlash hamda MTM xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.