O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentdagi Inha universitetida “Startup Mix” biznes-anjumani boʻlib oʻtdi

2019-01-21 | Innovatsiya

Joriy yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Startup Mix” startap va innovatsiyalar boʻyicha eng nufuzli biznes-anjuman boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida maʼruzalar, video taqdimotlar, master-klasslar, startap loyihalar, “BitStreem” startapining taqdimoti va storitelling, sunʼiy aql (idrok) kabi dolzarb mavzularning muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Inha universitetining 4-kurs talabalari Sabina Akbarova va Anvar Moʻminov oʻzlarining “BitStreem” loyihasini taqdim etdilar. “BitStreem” – bu onlayn taʼlim olish uchun oʻzbek tilidagi interaktiv platforma boʻlib, mashinaviy taʼlim yordamida individual yondashuvni muvofiqlashtiradi. Ushbu platforma yordamida talaba istalgan vaqtda onlayn rejimida zarur maʼlumotga ega boʻla oladi. Shuningdek, u, boshqa ishtirokchilar bilan maʼlumot almashish imkoniyati taqdim etilgan forumda oʻz tajribasi bilan boʻlishishi yoki oʻquv jarayonining muhim masalalarini muhokama qilishi mumkin.

Toshkent shahridagi Inha universiteti sohadagi eng yirik biznes anjumanlardan biri sanalgan “Startup Mix”ning Oʻzbekistondagi doimiy hamkori hisoblanadi.

Поделиться