O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzaxda Madaniyat sohasida 2018-yil sarhisobi boʻlib oʻtdi
2019-01-21 | Madaniyat
Joriy yilning 19-yanvar kuni viloyat musiqali drama teatrining tomosha zalida Jizzax viloyat Madaniyat boshqarmasining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3022-sonli qarori ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 27 yilligini munosib tarzda kutib olish maqsadida 2018-yilning 25-iyun - 1 iyul kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtgan “Badiiy havaskorlik jamoalari” mavzuidagi eng yaxshi asarlar anʼanaviy viloyat koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash bilan boshlandi.
Viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan mazkur tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Forish tuman madaniyat boʻlimiga 11 turdagi, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan Gʻallaorol tuman madaniyat boʻlimiga 9 turdagi, 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan Zomin tumani madaniyat boʻlimiga 7 turdagi musiqa cholgʻulari topshirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Baxmal tumani “Oqtosh” bolalar folklor ansambli, Doʻstlik tumani “Marjon”, Zarbdor tumani “Gulshan” va Forish tumani “Parvoz” ashula va raqs ansambllari uchun berilgan unvonini tasdiqlovchi guvohnomalar topshirildi hamda mazkur jamoalar viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan sahna liboslari bilan taqdirlandi.
Shundan soʻng Hayʼat yigʻilishining asosiy masalalariga oʻtildi.
Yigʻilish kun tartibiga qoʻyilgan asosiy masalalar 2018-yilda erishilgan yutuqlar, kamchiliklar hamda 2019-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, Hayʼat yigʻilishida viloyat teatrlari, davlat muzeylari, shahar, tumanlardagi madaniyat markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish, “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, barcha tashkilot va muassasalarning rasmiy veb-saytlarini yaratish boʻyicha xamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi hisobotlar eshittirildi.
Hayʼat yigʻilishining asosiy maqsadi Madaniyat boshqarmasi tizimida 2018-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalarini muhokama qilishga qaratildi.
Hayʼat yigʻilishini viloyat Madaniyat boshqarmasi boshligʻi kirish soʻzi bilan ochib, 2018-yil davomida viloyatda madaniyat sohasini rivojlantirish boʻyicha qilingan ishlar juda koʻpligi, ular toʻgʻrisida soatlab gapirish mumkinligi haqida tushuntirib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga koʻproq toʻxtalib, yutuqlardan koʻra, kamchiliklar yetarli va uni bartaraf etish boʻyicha barcha soha xodimlari birdek masʼul ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, barcha tizim tashkilotlari faoliyati yoʻnalishi boʻyicha 2018-yil davomida olib borgan ishlari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berib oʻtildi va barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari ishlash prinsiplarini tubdan oʻzgartirishi lozimligi hamda topshiriqlarni oʻz muddatida bajarilishiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Tanqidiy tarzda kechgan ushbu Hayʼat yigʻilishida 2018-yil davomida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan tashkilot va muassasalar rahbarlariga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllanildi.
Yigʻilishda ishtirok etgan barcha tashkilot va muassasa rahbarlariga ijro intizomiga qatʼiy rioya etish va har bir qaror hamda farmoyishlar, boshqarma tomonidan chiqarilayotgan buyruqlar va xatlar ijrosini oʻz muddatlarida, oʻrnatilgan tartibda ijrosini amalga oshirish yuzasidan boshqarma boshligʻi tomonidan aniq vazifalar belgilab berildi.