O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda birinchi marta Xalqaro yuridik forum boʻlib oʻtadi
2019-01-21 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida mustaqil Oʻzbekiston tarixida birinchi marta Xalqaro yuridik forum boʻlib oʻtadi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oliy sud va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
Yaqin kunlarda Forumning rasmiy veb-sayti ishga tushadi va unda Forum bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar joylashtiriladi. Shuningdek, Forumda ishtirok etishni xohlovchilar shu veb-sayt orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin boʻladi.