O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Lissabon universiteti professori Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi

2019-01-21 | Ta’lim

Lissabon universiteti qoshidagi oliy iqtisodiyot va menejment maktabi professori Jorj Filip da Silva Gomes 16-17-yanvar kunlari Qarshi davlat universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti 4-kurs talabalariga maʼruza mashgʻulotlarini oʻtkazdi.

Lissabon universiteti qoshidagi oliy iqtisodiyot va menejment maktabi (UNIVERSIDADE DE LISBOA “ISEG-Lisbon Higher school of Economics &Management”) professori Jorj Filip da Silva Gomes (Jorge Gomes) 2019-yil 16-17-yanvar kuni Qarshi davlat universiteti boʻlib, Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti Iqtisodiyot va servis kafedrasi 5231600-Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabalariga Korporativ boshqaruv fanidan “Raqamli iqtisodiyot” mavzusida, 5610300-Turizm (xalqaro va ichki turizm) yoʻnalishi 3-kurs talabalariga Turizm menejmenti fanidan “Turfirmalar faoliyatini boshqarish” mavzusida maʼruza mashgʻulotlari oʻtkazdi.

Tashrif mobaynida Jorj Filip da Silva Gomes Qarshi davlat universiteti rektori bilan xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv oʻtkazdi, shuningdek, Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti Iqtisodiyot va servis kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan seminar-trening mashgʻulotlarini olib bordi.

Поделиться