O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-18 | Siyosat
2019-yilning 18-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Ogʻoroziy Doʻrmoniy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2018-yildagi Oʻzbekiston – Eron muloqoti sarhisob qilindi hamda boshlangan yilda oʻtkaziladigan qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Toshkent va Tehron oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyish, oʻzaro yetkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, shuningdek investitsion hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Suhbat davomida tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini Tehron shahrida oʻtkazish masalasi ham koʻrib chiqildi.