O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiyaning INSHEA instituti Jizzax viloyatida oʻz fakultetlarini ochmoqchi

2019-01-18 | Ta’lim

Jizzax viloyati delegatsiyasining Fransiyaga boʻlayotgan tashrifi davomida Fransiyaning muvofiqlashtirilgan taʼlim sohasidagi Oliy milliy taʼlim va tadqiqot institutining direktori (INSHEA) Joze Pyugo bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

INSHEA maxsus taʼlim ehtiyojlariga ixtisoslangan milliy davlat taʼlim va tadqiqot muassasasi hisoblanib, u nogiron va imkoniyatlari chegaralangan kishilarga nisbatan davlat siyosatini belgilash va amalga oshirishda yordam beradi.

Institut hamkorlikka asoslangan xalqaro hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirib keladi. Bugungi kunda ayniqsa Osiyo mamlakatlariga nisbatan hamkorlikning doiralarini kengaytirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

INSHEA rahbariyati Markaziy Osiyoni “taʼlim markaziga” aylantirish boʻyicha Oʻzbekistonning tashabbusini ijobiy baholadi.

Fransuz tomonining fikricha INSHEAning defektologiya va psixologiya fakultetlarini Jizzax OTMlarining birida ochish va ushbu tor doirasidagi mutaxassislarni tayyorlash masalasini oʻrganish uchun vaqt keldi.

J.Pyug yaqin vaqtlarda Jizzax Davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik boʻyicha kelishuvni imzolashga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, INSHEA vakillari kelajakda Samarqand va Toshkent pedagogika institutlari bilan shu kabi hujjatlarni qabul qilishga tayyor ekanlarini ham maʼlum qilishdi.

Tomonlar imzolanayotgan hujjat Jizzax OTM talabalariga Yevropaning “ERASMUS” taʼlim dasturi doirasida Fransiyada oʻqish uchun grantlarni qoʻlga kiritish imkonini berishini ham taʼkidladilar.

Uchrashuv natijasida tomonlar Jizzax instituti delegatsiyasining 2019 yil fevral oyida Fransiyaga tashrif buyurishiga kelishib oldilar.

Поделиться