O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi ixtirochi ayollar assotsiasiyasi (KWIA) vakillari bilan uchrashuv
2019-01-18 | Jamiyat
Intellektual mulk agentligi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida Koreya Respublikasi ixtirochi ayollar assotsiasiyasi (KWIA) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuv Toshkent shahridagi INHA universitetida respublikamizning ixtirochi, tadbirkor va olima ayollari, Intellektual mulk agentligi rahbarlari va mutaxassislari, Koreya Respublikasi ixtirochi ayollar assotsiasiyasi (KWIA) vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Intellektual mulk agentligi rahbari tomonidan tadbir qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk Agentlik faoliyati, intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza taqdim etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, oʻzbek xotin-qizlarining ixtirochilik sohasiga qoʻshayotgan hissasi va toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Koreya Respublikasi ixtirochi ayollar assotsiasiyasi (KWIA) prezidenti Yun Mung Xi xonim tashkillashtirilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, oʻzbek olima, tadbirkor ayollarning erishayotgan yutuqlarini yuqori baholadi va kelgusida ushbu saʼy-harakatlar ularning xalqaro maydonga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladi.