O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida

2019-01-18 | Hujjatlar

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 8 noyabrda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda

maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 261–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 124-modda);

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida”gi 262–I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 125-modda);

3) Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 20-modda) XIV boʻlimi;

4) Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 
OʻRQ–255-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 335-modda) 5-moddasi;

5) Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–411-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2016 yil, № 9, 276-modda) 8-moddasi.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 
va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining                   Prezidenti  Sh. Mirziyoyev

Поделиться