O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon sayyohlik gidlar uyushmalari federatsiyasining (WFTGA) navbatdagi Xalqaro kongressi Tbilisda (Gruziya)
2019-01-18 | Turizm
2019-yilning 20-25-yanvar kunlari Tbilisda (Gruziya) Jahon sayyohlik gidlar uyushmalari federatsiyasining (WFTGA) navbatdagi Xalqaro kongressi boʻlib oʻtadi. Uning asosiy maqsadi WFTGA aʼzolarini bir joyga yigʻish, gidlik kasbining maqomini koʻtarish uchun harakatlarni birlashtirish, ularni aloqalar oʻrnatish va oʻqitish, tajriba almashish, shuningdek, gidlar uchun qoʻllanma va axborot resurslarining xalqaro tarmogʻiga ulanish imkoniyatini berishdan iborat.
Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan DUK “Turizm oʻquv-konsalting markazi” direktori (E.V. Golysheva) va gidlar malakasini oshirish boʻlimi boshligʻi (N. Salomova) ishtirok etadi.
Ishtirok etish doirasida Markaz Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati va Oʻzbekiston gidlarini tayyorlash boʻyicha milliy maktab taqdimoti boʻlib oʻtadi, shuningdek, milliy gidlar uyushmalari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar davomida ularni Oʻzbekiston gidlari III Xalqaro Forumida ishtirok etish uchun taklif etish rejalashtirilgan.
22-yanvar kuni Jahon sayyohlik gidlar uyushmalari federatsiyasi raisi Alushka Richi bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Unda milliy gidrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va malakasini oshirish, Toshkentdagi Xalqaro “Ipak Yoʻli” Xalqaro Maktabini ochish va boshqa koʻplab Federatsiya bilan qoʻshma loyihalar muhokama qilinadi.
Ushbu Kongressda ishtirok etish Hukumat tomonidan 2025-yilgacha sayyohlik sohasini rivojlantirishni jadallashtirish, xususan, sayyohlik faoliyati xodimlari va gidlarni oʻqitish va malakasini oshirish sohasidagi masalalarni hal etishga imkon beradi.
Maʼlumot uchun: WFTGA – turistik gidlar uyushmalarini, uyushma aʼzosi boʻlmagan sayyohlik gidlarni, WFTGA kabi turizm boʻyicha hamkorlarni, sayyohlik gidlarni oʻqitish uchun taʼlim muassasalarni, sayyohlik agentliklarni va butun dunyodagi affillangan aʼzolari kabi turistik hamkorlarni birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti. WFTGA-ning asosiy maqsadi sayyohlik gidlar uchun oʻz mintaqalarining elchisi maqomini targʻib qilish, oʻqitish, ularning professional aloqalarini mustahkamlash va aʼzolarning axborot almashishlarini osonlashtirish uchun butun dunyodagi sayyohlik gidlar uyushmalari va taʼlim muassasalari bilan aloqalarni oʻrnatishdan iborat. Bugungi kunda jahonning 60 dan ortiq mamlakatlari Jahon sayyohlik gidlar uyushmalari federatsiyasi aʼzolaridir.
2016-yildan boshlab DUK “Turizm oʻquv-konsalting markazi” Federatsiya tarkibiga kiradi.