O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1,9 trillion soʻmlik 7 mingga yaqin loyiha amalga oshiriladi

2019-01-18 | Jamiyat

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining navbatdagi kuzatuv kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda asosiy eʼtibor jamgʻarmaning ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, jamgʻarmaning yillik byudjeti va moliyaviy hisobotini, faoliyat yoʻnalishlarini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarining natijadorligini oshirishga qaratildi. Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish masalalari ham muhokama etildi.
 
Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni mazkur jamgʻarmaning tashkil etilishi yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish borasida yangi sahifa ochilishiga sabab boʻldi.
 
Tadbirda mutaxassislar tomonidan oʻtgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot berildi. Jumladan, 2018 yilda 3 ming nafardan ortiq yoshlarga baliqchilik, bogʻdorchilik, ishlab chiqarish va savdo shahobchasi tashkil etish uchun jami 2,5 ming gektar yer maydoni hamda 239 foydalanilmay turgan boʻsh bino ajratildi. Davlat dasturi ijrosi natijasida, 2018 yilda 32 ming 343 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi. Shuningdek, yoshlarni fermer xoʻjaliklariga biriktirish boʻyicha “Bir fermerga bitta yosh” loyihasi doirasida 11 ming 264 nafariga 11 ming 143 gektar yer maydoni ajratilib, takroriy ekinlar parvarish qilindi.
 
Joriy yilda yoshlarning 1,9 trillion soʻmlik 7 mingga yaqin loyihasi, 61,5 milliard soʻmlik 413 yoshlar mehnat guzari va kovorking markazlari, jamgʻarma ulushi bilan ishtirok etadigan tadbirkorlik loyihalarining manzilli roʻyxati shakllantirilib, moliyalashtirish ishlari rejalashtirilgan. Natijada yil yakuniga qadar 70 mingta yangi ish oʻrini yaratiladi.
 
Tadbirda amalga oshirilayotgan ishlar, rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan zarur vazifalar belgilandi.
 

A.Musayev, OʻzA

Поделиться