O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tadbirkor xalq farovonligining asosi
2019-01-18 | Jamiyat
Tadbirkorlik sohasida ish yuritmoqchi boʻlganlarning bari ham birdan ishga kirishib keta olmaydi Kimdir ish yuritishning huquqiy tartibini bilmasa, yana kimgadir boshlangʻich mablagʻ yetishmaydi, yana birov mahsuloti uchun sifat sertifikatini olish jarayonida muammoga duch kelishi mumkin.
Xuddi shunday vaziyatda tadbirkorga koʻmak va maslahat zarur. Zero bugungi tadbirkor xalq farovonligining asosidir. Shuning uchun Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga va kichik biznes subyektlariga koʻmaklashish maqsadida ularga huquqiy maslahat berish va muammolarini oʻrganish borasida viloyat hududida faoliyat koʻrsatayotgan “Fargʻona sinov va sertifikatlashtirish markazi” hamda boshqa hamkor idoralar bilan birgalikda viloyat bojxona boshqarmasida oʻquv seminari tashkil etildi.
Seminarda tumanlardan taklif etilgan tadbirkorlar, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, kichik biznes subyekt vakillari uchun tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, sogʻliqni saqlash va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish borasida huquqiy tushunchalar berildi.
Muhtaram Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek seminar davomida amaliyotda uchrayotgan muammolarga oʻz vaqtida chek qoʻyilayotgani tadbirkorlar eʼtiboriga yetkazildi.
Vakolatli sertifikatsiya organlari hamkorlikda eksport operatsiyalarini tezlashtirilishiga erishish va bu boradagi muammolarga birgalikda yechim izlashi zarurligi hamda tadbirkorlarni ortiqcha vaqt va mablagʻ yoʻqotishini bartaraf etish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida tadbirkorlardan taklif va mulohazalar olindi.
Bu kabi ochiq muloqot oʻquv seminarlari tadbirkorlar uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish xamda tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.