O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qizgʻin savol-javoblar, yuzma-yuz muloqotlar maydoni
2019-01-18 | Jamiyat
Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni soliq toʻlovchilarga yetkazish maqsadida “Oʻzekspomarkaz” majmuasida tashkil etilgan koʻrgazmali seminarning uchinchi kunida jami 1 392 nafar soliq toʻlovchilar ishtirok etdi.
Seminarda Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan soliq toʻlovchilardan 60 dan ortiq savollar kelib tushdi va ularning barchasiga viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Ishtirokchilar asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash tartibi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlar, soliq stavkalari hamda imtiyozlar haqida savollar berildi.
Soliq toʻlovchilarga soliq tizimidagi yangiliklar maxsus tayyorlangan tarqatma materiallar va videoroliklar yordamida tushuntirildi. Tashrif buyuruvchilar uchun 1 400 ga yaqin bukletlar tarqatildi.