O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Amir Jafar - “Oʻzbekiston Quvayt davlati uchun eng ishonarli hamkor”

2019-01-18 | Madaniyat

15-yanvar kuni Madaniyat vaziri Quvayt davlatidan tashrif buyurgan Amir Jafarni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi Quvaytdan investitsiya jalb etishdir.

Amir Jafar Oʻzbekistondagi doimiy tashrif buyuruvchi mehmonlarimizdan biridir, milliy musiqamiz shaydosi.

Shuni taʼkidlash joizki, u har gal Toshkentga kelganida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini koʻzdan kechiradi, chunki konservatoriyada taʼlim berayotgan ustoz muallimlarning dars berish mahoratlarini kuzatishni yoqtiradi. U bir necha marta Yosh simfonik orkestrimizni Quvayt davlatiga gastrol safarini uyushtirgan.

Madaniyat vazirining taklifiga koʻra, uning asosiy maqsadi Quvaytda va Oʻzbekistonda oʻzbek-arab musiqa maktabini tashkil etishdir. Suhbat davomida, u doim oʻzbek mumtoz musiqasidan bahramand boʻlishini, shuningdek, 14-yanvar kuni “Xalqlar doʻstligi” saroyida Milliy gvardiya orkestri tomonidan namoyish etilgan ijro uni hayratda qoldirganini eʼtirof etdi.

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Amir Jafarga bir nechta investitsiya loyihalarini taklif etdi, u oʻz navbatida hamkorlik uchun Oʻzbekiston eng ishonarli va rivojlanayotgan davlatlardan biriligi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rivojiga qoʻshayotgan hissasi va sayi-harakatlari beqiyosligini taʼkidladi.

Поделиться