O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
2019-01-18 | Iqtisodiyot
Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida olib borilayotgan institutsional va huquqiy islohotlarning maqsadi - bu transport xizmatlarini koʻrsatish huquqi ustidan adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektorga turli mulkiy shakldagi tashuvchilarni jalb etishdir.
Respublikada bosqichma-bosqich oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida nodavlat sektorning yoʻlovchilar va yuklarni tashishdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda yoʻlovchilarga avtotransport xizmatlarini koʻrsatishdagi ulushining deyarli 100 foizi va yuk tashishdagi ulushining 90 foizi ushbu nodavlat sektor tomonidan amalga oshirilmoqda.
Islohotlar samaradorligini esa avtomobil transporti faoliyatining quyidagi koʻrsatkichlariga qarab baholash mumkin.
2018-yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning barcha avtomobil transporti vositalari bilan jami 790.0 mln. tonna yuk va 4 mlrd. 312 mln. yoʻlovchi tashilib, ushbu koʻrsatkich 2017-yilning shu davriga nisbatan tegishli ravishda 105.3 va 102.4 foizni tashkil etdi.
Yuk aylanmasi 10 mlrd. 216 mln. tonna km.ni (2017-yilga nisbatan 103.3 foiz), yoʻlovchilar aylanmasi esa 91 mlrd. 265 mln. yoʻlovchi km.ni (2017-yilga nisbatan 102.7 foiz) tashkil qildi.
Agarda avtomobil transporti faoliyatining oxirgi oʻn yil (2008-2018-yillar) davomidagi asosiy koʻrsatkichlarini qiyoslasak, unda 2018-yilda tashilgan yoʻlovchilar soni 2008-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,16 barobarga va yuk tashish hajmi 1,32 barobarga oʻsgan.
Yuk tashish jarayonini takomillashtirish yuzasidan aniq tadbirlar koʻrilganligi natijasida, avtotransport vositalari bilan respublikada yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashishda, qurilish va obodonlashtirish hamda neft-gaz kompleksi qurilishi ishlarida yuklarini tashish hajmlari oʻsmoqda.
2018-yil yakuniga koʻra, barcha turdagi (temir yoʻl, havo, quvur va elektr) transportlarda amalga oshirilagan tashuvlar hajmlari ichidagi avtomobil trasportining ulushi, yoʻlovchi tashishda 98.4 foizga va yoʻlovchi aylanmasining 90.0 foiziga toʻgʻri keladi. Tashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi boʻyicha avtomobil transportining solishtirma ulushi esa tegishli ravishda 88.3 va 19.5 foizga teng.
Oʻzbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil avtomobil transportida yoʻlovchi tashish hajmi dinamikasi 1-jadval (PDF. 199kb)da;
Oʻzbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil avtomobil transportida yoʻlovchi aylanmasi hajmi dinamikasi 2-jadval(PDF, 227kb)da;
Oʻzbekiston Respublikasida 2012 — 2018-yil avtomobil transportida yuk tashish hajmi dinamikasi 3-jadval(PDF, 245kb)da;
Oʻzbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil avtomobil transportida yuk aylanmasi hajmi dinamikasi 4-jadval(PDF, 248kb)da keltirilgan.
Mamlakatimizda asosan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (“Dji Em Oʻzbekiston” QK, “Samavto” MCHJ, “JV MAN Auto – Uzbekistan” MCHJ QK zavodlari) hamda Rossiya, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari (Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ishlatilmoqda. Ayniqsa keyingi paytda tashuvchilar oʻz transport vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan toʻldirishga harakat qilmoqda. Xususan, Samarqand avtomobil zavodida zamonaviy avtobuslar hamda katta va kichik hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda qoʻl kelmoqda.
2000-yilda respublika boʻyicha 2032 ta yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2019-yilning 1-yanvar holatiga yoʻnalishlar soni 2363 taga oshib, 4395 tani tashkil etdi.
Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat muxitini shakillantirish va barcha tashuvchilarga teng sharoit yaratib berish boʻyicha viloyat va shahar hokimiyatlaridagi Komissiyalar hamda Agentlik qoshidagi Idoralararo Komissiya tomonidan yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari ochiq tender tanlovlari orqali joylashtirilmoqda.
2018 yil ish yakuni bilan respublika boʻyicha jami 63 ta ochiq tender oʻtkazilgan boʻlib, ularda 639 yoʻlovchi tashish boʻyicha yoʻnalishlar joylashtirilgan. Shundan 63 ta shahar ichidagi yoʻnalishlarni joylashtirish boʻyicha 12 ta tender, 499 ta shahar atrofi va 55 ta shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarni joylashtirish boʻyicha 48 ta tender, 22 shaharlararo-viloyatlararo yoʻnalishlarni joylashtirish boʻyicha 3 tender oʻtkazilgan. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
2019-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida avtotransportda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tizimining rivojlanishi jadval(.exel, 56.5kb)da aks etgan.
Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan “ISUZU“ rusumli va yumshoq oʻrindiqli avtobuslarini sotib olish va yoʻnalishlarga biriktirish ishlari davom ettirilmoqda.
2018-yil mobaynida respublika boʻyicha jami 94 ta (shundan 78 tasi “Isuzu” rusumli hamda 16 tasi “Yutong” va “Golden Dragon” rusumli avtobuslar xarid qilindi va yoʻnalishlarga joylashtirildi.
Avtotransport xizmatlari va servisni rivojlanishtirishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarish, aholiga, xususan qishloq aholisiga koʻrsatilayotgan avtotransport xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida yoʻnalishli transport tarmogʻi rivojlanmoqda, hisobot davrida koʻzda tutilgan 60 ta yoʻnalish oʻrniga 76 ta (shundan 9 tasi xalqaro avtobus yoʻnalishlari) yoʻnalishlarning faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, korxona yoki tadbirkorlar tomonidan yil davomida avtovokzal va avtostansiyalarni rekonstruksiya qilish, qurish va jixozlash uchun kiritilgan investitsiyalar miqdori 12.3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
2018-yil davomida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 2919 ta litsenziya va 158883 ta litsenziya varaqalari berildi.
2019-yilning 1-yanvar holatiga litsenziyalangan avtomobillar soni 118992 tani tashkil etdi.
Agar, avtotransport sohasida litsenziyalashdan 2017-yil yakuni bilan 46.8 mlrd. soʻmlik davlat boji undirilgan boʻlsa, 2018-yilning shu davri mobaynida 60.6 mlrd. soʻmlik davlat boji undirildi, oʻsish qariyib 29.5 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida hududiy boshqarmalar tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzganligi uchun 107 ta korxonalarga tegishli 129 ta litsenziyaning amal qilish muddati 10 ish kuniga toʻxtatilgan.
Shu bilan birga, sud qarorlariga asosan 29 ta tashkilotning 54 ta litsenziyasi 10 ish kundan ortiq muddatga toʻxtatilgan.
Meʼyoriy-huquqiy bazani shakllantirish va institutsional oʻzgarishlar boʻyicha Agentlik tomonidan 14 ta normativ – huquqiy hamda 8 ta normativ hujjat ishlab chiqilib, amalga joriy etilgan.
Shuningdek, 7 ta normativ – huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, shundan 1 tasi oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va 6 tasi tegishli vazirlik va idoralarga kelishish uchun taqdim etilgan.
Bundan tashqari, vazirlik va davlat idoralari tomonidan ishlab chiqilgan 46 ta meʼyoriy – huquqiy hujjatlar loyihalari ekspertiza qilinib, tegishli xulosalar berilgan.
Agentlikning “Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti” DKda avtomobil transportida tashishni tashkil etish va boshqaruvchi rahbar xodimlarining 897 nafari, yoʻl harakat xavfsizligiga javobgar masʼul shaxslarining 28 nafari, Agentlik hududiy boshqarmalarining avtotransport tashish faoliyatini nazorat qiluvchi inspektorlarning 359 nafari, avtotransportda tashish bilan shugʻullanuvchi tadbirkor haydovchilarning 174 nafari, avtotransportda xalqaro tashish bilan shugʻullanuvchi haydovchilarning 1220 nafari hamda yoʻl harakati qoidalari va harakat xavfsizligi 30 soatlik dasturi boʻyicha 3962 nafar haydovchilar, jami 6640 nafar tinglovchilar oʻz malakalarini oshirdilar.