O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi Britaniya Kengashining“Creative Spark” loyihasida hamkorlik qilmoqda

2019-01-17 | Innovatsiya

“Creative Spark” Buyuk Britaniya hamda Markaziy Osiyo (Oʻzbekiston, Qozo­gʻiston, Qirgʻiziston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) va Ukraina davlatlarining universitetlari, taʼlim muassasalari oʻrtasida faol tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan besh yillik dastur boʻlib, talabalarda faol tadbirkorlik va tashabbuskorlik koʻnikmalarini shakllantirgan holda, jamiyatda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshishni asosiy maqsad qilib olgan.

Kreativ iqtisod yurtimiz uchun yangilik boʻlgani bois bu koʻnikmalarni mahalliy oliy taʼlim muassasalari talabalari ichida keng targʻib qilishda Innovatsion rivojlanish vazirligi yaqindan koʻmak berish barobarida treninglar, oʻquv va amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslari oʻtkazishda koʻmak beradi. Oʻquvchilar darslarda orqali faol tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun amaliy koʻnikmalarni qoʻlga kiritib, kelgusida yurtimizning iqtisodiy ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshadilar.

Loyiha davomida joriy yilning yanvar-mart oylarida London Metropolitan University xodimlari va hamkor tashkilotlar mutaxassislari tomonidan faol tadbirkorlik loyihalarini tayyorlash boʻyicha treninglar tashkil etiladi. Treninglarda faol qatnashgan talabalar oʻz startap loyihalarini maxsus komissiyaga taqdim etadilar. Eng yaxshi loyihalar saralab olinib, loyiha mualliflari londonlik ekspertlar tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kursida qatnashadi va oʻz loyihalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Iyun oyida loyihalarning yakuniy saralash bosqichi oʻtkaziladi va eng yaxshi loyiha egasi oʻz loyihasini London shahrida investorlarga taqdim etadi. Safar xarajatlari Britaniya kengashining “Creative Spark” uchun maxsus ajratilgan fondi tomonidan qoplanadi. Shuningdek, faol ishtirokchilar Britaniya kengashi va hamkor tashkilotlar tomonidan ragʻbatlantiriladi.

Batafsil maʼlumot: https://www.britishcouncil.uz/programmes/education-society/creative-spark

Поделиться