O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlatlararo chegara masalalari boʻyicha Oʻzbekiston – Turkmaniston muzokaralari toʻgʻrisida
2019-01-17 | Siyosat
2019-yilning 11-17-yanvar kunlari Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qoʻshma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston – Turkmaniston Davlat chegarasi demarkatsion loyiha chizigʻining oʻtishi boʻyicha tomonlarning takliflari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston – Turkmaniston Davlat chegarasida Bajariladigan demarkatsion ishlar taqsimoti jadvali koʻrib chiqildi va kelishildi.
Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik va hamfikrlilik muhitida boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.