O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2018-yilda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining konsullik faoliyati natijalari
2019-01-17 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 5-aprel kuni imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Konsullik boshqarmasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti (KHD) sifatida shakllantirildi.
Chet eldagi Oʻzbekiston fuqarolariga yordam berish, yangi konsullik muassasalarini ochish
TIV Konsullik-huquqiy departamenti va chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan yil davomida 414 361 ta konsullik harakatlari amalga oshirilgan boʻlib, ular chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kirishlari uchun viza berish, biometrik pasportni almashish/berish, vataniga qaytish guvohnomasini berishi, fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatga olish, notarial va boshqa harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq.
KHDga viza olish boʻyicha 115 523 ta (2017-yilda - 108 502), apostil qoʻyish boʻyicha 17301 ta (2017-yilda - 11.480), legalizatsiya boʻyicha 8 109 ta (2017 - 7 794) murojaat kelib tushgan.
Amalga oshirilgan konsullik amallari hajmi boʻyicha Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi (70.412), Rossiyadagi elchixonasi (30.611), Olma-ota shahridagi Bosh konsulxona (26.137), Mozori Sharif shahridagi Konsulxona (19.896), Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi (19.378) yetakchilik qiladi.
Oʻzbekistonga qaytish uchun jami 36.798 ta (2017-yil – 32.733) guvohnoma rasmiylashtirildi.
Pasport almashtirish boʻyicha 5240 ta hujjat (2017-yil – 5,934) rasmiylashtirildi.
Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatida avtobus yonishi (52 nafar qurbonlar va 2 nafar jabrlanganlar) natijasida jabrlanganlarga yordam berish va halok boʻlganlar tanasini Oʻzbekistonga qaytarish, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari jabrlangan boshqa hollar boʻyicha ishlar olib borildi.
Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga oʻz vaqtida konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Rossiya Federatsiyasi hududida (Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don) va Qozogʻiston Respublikasida (Olma-ota va Aqtau) va Xitoy Xalq Respublikasida (Guanjou) bosh konsulxonalar ochish boʻyicha ishlar olib borildi.
Oʻsh shaharida (Qirgʻiziston) Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi ochish masalasi oʻrganilmoqda.
Chet el fuqarolariga vizalar berish
307 194 nafar chet el fuqarolariga vizalar berildi, jumladan 24 426 tasi elektron viza tizimi orqali rasmiylashtirilgan.
Chet el fuqarolarining respublikaga kirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2018-yil 10-fevraldan eʼtiboran 7 mamlakat - Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etildi, shuningdek, 39 mamlakat fuqarolari uchun turistik vizalarni olish tartibi soddalashtirildi.
19-mart kuni Tojikiston bilan 30 kungacha vizasiz tartib kuchga kirdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Farmoniga bilan 5-oktabridan Fransiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etildi.
Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlar
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2016-2018-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturiga muvofiq 16-17-may kunlari XXRda konsullik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Xitoy maslahatlashuvlarining birinchi raundi boʻlib oʻtdi.
Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik dasturlariga muvofiq Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston TIV tegishli boʻlinmalari bilan konsullik maslahatlashuvlari oʻtkazildi.
Oʻzbekiston TIV delegatsiyasi 21-iyun kuni Moskva shahrida boʻlib oʻtgan MDH ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashining XXV yigʻilishi ishida ishtirok etdi.
Qonunchilik faoliyati
Departament tomonidan ishlab chiqilgan Konsullik nizomi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan maʼqullandi, hozirgi vaqtda ushbu hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
Xorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekistonga kirish vizasi bilan bogʻliq qulay sharoitlar yaratish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kirish vizalarining yangi turlarini joriy etish masalasini ishlab chiqildi. Hozirgi vaqtda “Vatandoshlar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik kirish vizalari va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yoʻq shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari va konsullik-huquqiy sohadagi boshqa meʼyoriy hujjatlar koʻrib chiqilmoqda.