O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati yoʻlga qo'yildi
2019-01-17 | Jamiyat
Avval xabar qilinganidek, 2019-yil 15-yanvar kuni soat 19:00 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonida qor koʻchkisi xavfi boʻlganligi sababli dovonda avtotransport vositalarining harakati toʻxtatilgan.
2019-yil 16-yanvar kuni “Qamchiq” dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari FVV, MV, IIV, “Oʻzgidromet” markazi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat qoʻmitasi, kuch va vositalari tomonidan majburan tushirilib, avtomobil yoʻli qor koʻchkilaridan tozalandi.
“Oʻzgidromet” markazining qor koʻchkisi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi byulleteniga asosan, “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻli “Qamchiq” dovonida joriy yilning 16 yanvar kuni kuni soat 11:05 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yoʻlga qoʻyildi.