O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etishdan maqsad nima?

2019-01-17 | Iqtisodiyot

Farmonga koʻra, “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi respublikamizda yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonalarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni, eng avvalo, Hindiston Respublikasidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki bozorni oʻzimizda, shu jumladan mahalliy dorivor oʻsimliklar xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan toʻldirish, shuningdek, Andijon viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish oʻrinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

“Andijon-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:

– yuqori qoʻshilgan qiymatli, shu jumladan “in-bulk” shaklida farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish uchun eng avvalo Hindiston Respublikasi yetakchi kompaniyalarining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini jalb etish;

– dorivor oʻsimliklar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikalar, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish

va quvvatlarni tashkil etish;

– dorivor oʻsimliklar xom ashyosini oʻziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Andijon viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;

– erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari oʻrtasida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali mahalliy dorivor oʻsimliklar xom ashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

– “Andijon-farm” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek uning hududida sifatli logistika xizmatlari koʻrsatish boʻyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

– “Andijon-farm” EIZning soha kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan ularning “Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashini tashkil etish orqali tayyorlashda qatnashish.

“Andijon-farm” EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qilinishi belgilandi.

Поделиться