O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
45 mamlakat uchun viza tartibini bekor qilish haqidagi yangilik dunyo hamjamiyati diqqat eʼtiborida
2019-01-16 | Turizm
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishga qiziqayotgan va mamlakatimiz haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishni xohlagan sayyohlar uchun aniq, sifatli hamda qiziqarli maʼlumot tayyorlab berish yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan koʻplab xorijiy mamlakatlarning turizm sohasini yorituvchi yetakchi bosma va internet nashrlari bilan yaqindan hamkorlik loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari tomonidan ham yildan yilga yurtimizda sayyohlar oqimini koʻpaytirish boʻyicha muntazam va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5611-son farmoni hamda “Turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ-4095-sonli qarori haqida eʼlon qilinganidan soʻng Anqara, London, Maskat va Tokio va boshqa xorijiy shaharlarning yetakchi nashrlarida Oʻzbekiston xorijiy sayyohlar uchun yanada ochilayotgani va yana 45 mamlakat bilan vizasiz rejim yoʻlga qoʻyilishi hamda umuman turizm yoʻnalishidagi yangiliklar haqida haqida koʻp dolzarb materiallar chop etildi.
Shu bilan birga, xorijiy nashrlarda vizasiz rejim, E-VISA, chet el fuqarolari uchun Oʻzbekistondan turar-joy xarid qilish va yashash uchun ruxsat olish imkoni hamda mehmonxonalarda sayyohlar uchun yaratilgan qoʻshimcha qulayliklar haqida ham keng va mazmunli maʼlumotlar berilgan.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni on-line gazetasining quyidagi havolalaridan olishingiz mumkin:
“Anadolu”, “Hurriyet”, “Milliyet” (Turkiya);
“OVO tm” (Yaponiya);
“Elmundook” (Ispaniya);
"IndiaBlooms" (Hindiston);
“Independent” (Buyuk Britaniya);
“LonelyPlanet”;
Bundan avval Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati tomonidan “The New York Times” Oʻzbekistonni 2019-yilda sayohat qilish kerak boʻlgan yoʻnalishlar roʻyxatiga qoʻshgani haqidagi maqola taqdim etilgan edi.