O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligida brifing boʻlib oʻtdi

2019-01-16 | Jamiyat

Joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-3827-sonli qarori ijrosi taʼminlanishining borishi toʻgʻrisida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot brifingi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot brifingida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Dilbar Najmutdinova tomonidan qaror ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.

Maʼlumot uchun, mazkur qaror yuzasidan savollarga fuqarolar hozirda Toshkent shahrida amaldagi “1146” qisqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. Ushbu “ishonch telefoni” joriy yilning oktyabr oyidan boshlab respublika miqyosida yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

Поделиться