O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-16 | Siyosat
2019-yilning 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.
Suhbat chogʻida 2019-yil uchun moʻljallangan Oʻzbekiston – Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Elchi joriy yil aprel oyida Pekin shahrida oʻtkaziladigan “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Prezidenti nomiga yoʻllangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topshirdi.
Uchrashuvda Toshkent shahrida oliy darajadagi Oʻzbekiston – Xitoy uchrashuvini oʻtkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.