O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻmon Elchisi bilan uchrashuv

2019-01-16 | Siyosat

2019-yilning 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻmon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriyni qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qila turib, Vazir Elchisi iliq qarshi oldi, Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasidagi ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat davomida oʻtgan yilning sentyabr oyida Maskat shahrida mamlakatimiz Elchixonasi ochilishi Oʻzbekiston – Oʻmon muloqotiga tizimlilik va oʻsuvchanlik tusini berish imkonini yaratishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa jabhalardagi hamkorlikning istiqbollari hamda 2019-yildagi qoʻshma tadbirlarning jadvali va kun tartibi borasida fikr almashildi.

Поделиться