O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzmetkombinat” AJ hisoboti

2019-01-16 | Jamiyat

2018-yil yanvar-dekabr oylarida 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar texnologiyani qoʻllab - quvvatlash yili“ Davlat dasturini bajarilishi yuzasidan kombinatda 111 mln.soʻm soʻmlik “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar texnologiyani qoʻllab - quvvatlash yili“ Davlat dasturini bajarish boʻyicha Chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Kombinatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlar tashkil etilgan boʻlib, shu bilan birgalikda “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ham oʻz ish faoliyatini olib bormoqda.

Kombinatning rasmiy veb-saytida www.uzbeksteel.uz faoliyat koʻrsatayotgan virtual qabulxona, kombinat xodimlari va aholining murojaat va shikoyatlarini hamda takliflarini koʻrib chiqish va hal qilinishida muhim omil boʻlib xizmat qilish bilan bir qatorda fuqarolar oʻzlarining qiziqtirayotgan savollariga bevosita javob topishlari mumkin.

Yuridik va jismoniy shaxslar kombinat saytida maxsus keltirilgan shaklni toʻldirib, oʻzlarining savollari, arizalari va shikoyatlari, shuningdek metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar bilan bevosita kombinat Boshqaruv raisiga murojaat qilishlari mumkin. Fuqarolarga onlayn-murojaatlarini yuborish uchun elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Murojaatlarning qisqa vaqt davomida ijobiy koʻrib chiqilishi uchun murojaat mohiyati tushunarli shaklda aniq bayon qilinishi lozim. Shuningdek, virtual@uzbeksteel.uz elektron manziliga yoki kombinatning (+99870) 913-16-02 “ishonch telefoni”ga murojaat qilish mumkin.

Hozirgi vaqtda kombinatda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻtarilgan savollar muntazam ravishda ishchi guruh yigʻilishlarida muhokama etilib oʻz yechimini topmoqda.

Kombinat xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda sifat jihatidan yangi va samarali tizim faoliyatini taʼminlash yuzasidan ushbu jarayonga barcha tarkibiy boʻlinmalarda har ikkinchi va toʻrtinchi seshanba kunlari soat 16:00 dan kombinat rahbarlari va tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari, mehnatni meyorlash va ish haqi boʻyicha muhandislar, buxgalterlar, sex kasaba uyushmasi vakillarini qabul jarayoniga jalb etgan holda qabullar tashkil etilgan.

2018-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan 652 ta murojaat olingan, ulardan 8 tasi chora koʻrildi, 590 tasi tushuntirildi, 18 tasi rad etildi va 36 tasi ish jarayonida.

Boshqaruv raisining qabulxonasiga 2018-yil yanvar - dekabr holatiga 1860 ta yozma murojaat kelib tushgan boʻlib, ulardan 103 tasi chora koʻrildi, 1710 tasi tushuntirildi, 30 tasi rad etildi va 17 tasi koʻrib chiqish jarayonida.

2018-yilda yangi ish oʻrinlarni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturiga asosan kombinat boʻyicha 142 ta ish oʻrini yaratish boʻyicha prognoz topshirigʻi belgilangan edi.

2018-yilning yanvar-dekabr oylarida amalda 204 ish oʻrni yaratildi, shu jumladan “istiqbolli loyihalar” boʻyicha 115 ta, “soha rivojlanishi” boʻyicha - 84 ta hamda 5 ta kasanachilik asosida.

Поделиться