O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiy jinoyatlarning oldi olinadi

2019-01-16 | Jamiyat

Mamlakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish, soliqqa tortish tizimini tubdan isloh etish, shu jumladan, soliqlar va majburiy toʻlovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish jarayonlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2019-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Mazkur huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan “Soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida departament organlarning vazifalari” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Departament organlari xodimlari, soliq idoralari mutaxassislari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda asosiy eʼtibor soliq islohotlari konsepsiyasining joylardagi ijrosini taʼminlashda Departament organlari xodimlarining faolligini oshirish, tadbirkorlar, investorlarga huquqiy va amaliy koʻmak berish, yangi ish oʻrinlari yaratish orqali davlat byudjetiga soliq toʻlovlarini oʻz vaqtida tushirish, ushbu yoʻnalishda iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada mustahkamlash hamda soliq maʼmurchiligi borasida keng jamoatchilikning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratildi.

-Bugungi tadbirni tashkil etishda koʻzlagan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida yangi soliq siyosati ijrosi borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda departament organlari faolligini oshirish hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, soliq bazasini kengaytirish, korrupsiya, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish, bozorlarda narx-navoning asossiz oʻsib ketishini oldini olish, valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va bartaraf etish, importni qisqartirish va ushbu turdagi mahsulotlarni mahalliylashtirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, eksportni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Birgina oʻtgan 2018-yil davomida boshqarma tomonidan 729 ta tadbirkorlik subyektlariga huquqiy va amaliy yordamlar koʻrsatilib, 750 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Jami 463 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, 188 (ta jinoyatlar fosh etildi, 275 ta maʼmuriy ishlar yuritildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 35 ta jinoyatlar, korrupsiya koʻrinishlariga qarshi 94 ta jinoyatlar fosh etildi, - deydi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi, adliya kichik maslahatchisi Gʻayrat Sultanov.

Maʼlumot oʻrnida shuni qayd etish lozimki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari pasaytirildi. Xususan soliqning bazaviy stavkasi 14 foizdan 12 foizga, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizga tushirildi.

Sement (klinker), poliyetilen granulalar ishlab chiqaruvchilar va mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar uchun 20 foiz stavka belgilandi. Bunda sement (klinker), poliyetilen granulalar ishlab chiqaruvchilar uchun qoʻshimcha foyda soligʻi bekor qilindi hamda mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib, rentabellik darajasi 20 foizgacha 14 foiz, undan oshgan qismidan 50 foiz stavkada soliq solish tartibi bekor qilindi.Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan toʻlov manbaida undiriladigan foyda soligʻi stavkasi 10 foizdan 5 foizga pasaytirildi.

2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy gʻoyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qoʻllashni koʻzda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimizda soliq islohotlarini tubdan takomillashtirish borasida qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlashda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan ham bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan interaktiv tadbirda bu sohada profilaktika, qonunchilik targʻiboti ishlarini kuchaytirish, korrupsiya holatlariga barham berishga, biznesni rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi sunʼiy byurokratik toʻsiq va gʻovlarga chek qoʻyish, importni optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga koʻmaklashish, byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga boʻlgan sunʼiy tanqislik va ajiataj vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bogʻliq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Поделиться