O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Zarbdor tumanida aholini ekstremizm va har-xil oqimlar taʼsiridan saqlash maqsadida Resurs markazi ochildi
2019-01-16 | Jamiyat
Zarbdor tumanidagi “ Oybek” mahallasida viloyat hokimiyati, huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqaruv organlari, faol yoshlar va xotin qizlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini keng jamoatchilik orasida targʻib qilishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari, E.Ismatov ochib berdi.
E.Ismatov 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini mustahkamlash borasida aniq vazifalarni bajarish borasida qilingan ishlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda istiqbol rejalar va bu borada davlat idoralari va jamoatchilik tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari tuzish boʻyicha takliflar va hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasining faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalar xususida soʻz yuritdi.
Tadbirda mahalla raisi, maʼnaviyat-maʼrifat markazi, imom-xatib, huquq idoralari va mahalla faollari bilan hamkorlikda turli diniy-ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolayotganlarni sabablari tahlil qilish va ekstremistik oqimlarga tushib qolishni oldini olish va tahlil qilish borasida davlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlaridan tashkil topgan ishchi guruhi tuzildi.
Shuningdek, Zarbdor tumanidagi “Oybek” mahallasidagi tayanch punktida aholi bilan ishlash, yoshlar va ayollar oʻrtasida ekstremizm va har-xil oqimlar taʼsiriga tushish xavfini oldini olish maqsadida Resurs markazi ochildi.
Resurs markazi viloyat “Istiqlol avlodi” NNTsi va uning hamkori “SAFERWORLD” fondi jinoyatchilikga qarshi kurashishda ijtimoiy sheriklik loyihasi koʻmagi asosida moddiy texnikaviy bazasini shakllantirildi.