O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun ochiq kredit yoʻnalishlari

2019-01-16 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5326-sonli farmonining 11-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga 2 oylik muddat ichida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishi uchun kredit yoʻnalishlarini ochish vazifasi yuklatilgan:

Mehmonxonalar va tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari uchun import uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish uchun kredit muddati 15 yilni (imtiyozli davr — 5 yil) tashkil qiladi. Maqsadli kredit liniyasining mablagʻlari hisobiga bitta mijoz uchun ajratiladigan kredit hajmi loyiha qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim;

Kreditlar vakolatli tijorat banklarining investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ijobiy qarorlari asosida beriladi. Bunda, bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bitta investitsiya loyihasi uchun 10 mln. AQSH dollaridan oshmasligi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi oʻrtasida tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratish uchun 10 million AQSH dollari miqdorida kelishuv imzolandi.

Shu munosabat bilan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartibda imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankiga murojaat qilishlari mumkin.

Поделиться