O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

2019-01-16 | Jamiyat

Andijon shahrida harbiy xizmatchilar uchun barpo etilgan 120 xonadondan iborat 4 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, faxriylar, yoshlar ishtirokida oʻtgan tadbirda ayniqsa, keyingi yillarda milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 27 yil toʻlgan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kunida Andijon shahrida 120 xonadondan iborat ikki va uch xonali shinam uylar foydalanishga topshirildi. Bu harbiy xizmatchilar uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi. 

Yangi uylarga koʻchib kirganlardan biri Paxtaobod tumani Sebzor mahallasida yashovchi serjant Dilmurod Tojiboyev oilasidir. U 17 yildan buyon harbiy xizmatda. Hozir Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida xizmat vazifasini oʻtamoqda. Yangi uy berilganidan u ham, turmush oʻrtogʻi Mavludaxon Tojiboyeva ham cheksiz quvonchda. 

– Oilamizga 3 xonali yangi uy ajratilganidan behad xursandmiz, – deydi serjant Dilmurod Tojiboyev. – Ikki farzandimiz bor. Yangi yil oilamiz uchun quvonchli boshlandi. Ayniqsa, Vatan himoyachilari kunida oilamizga yangi uy berilishi biz uchun qoʻshaloq bayram boʻldi. 

Yangi uylar hududida bolalar maydonchasi, savdo doʻkoni qad rostlagani ham odamlarga katta qulaylik yaratadi. 

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov soʻzga chiqdi.

 

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA

Поделиться