O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Skrining markazida yangi laboratoriya

2019-01-16 | Sog‘liqni saqlash

Fargʻona viloyati Ona va bola skrining markazida mintaqalararo sitogenetik laboratoriya tashkil etilib, zamonaviy raqamli mikroskop va laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi. Bu esa Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida xromosoma sindromlariga chalingan bolalarni aniqlash imkonini beradi. 

– Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida onalik va bolalikni muhofaza qilish, tugʻma nogironlikning oldini olish, tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish, davolash va diagnostika ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, - deydi viloyat Ona va bola skrining markazi direktori Manzura Salimova. – Endi markazimizda ish boshlagan mintaqalararo sitogenetik laboratoriyada nogiron bolalar tugʻilishining oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash borasidagi ishlar natijadorligi yanada ortadi. 

 

Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA

Поделиться