O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi: sohaga oid qonunchilik takomillashtiriladi hamda zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi

2019-01-15 | Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, pirovardida eng ulkan maqsad — odamlarni rozi qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Davlatimiz rahbarining oʻtgan yi 7 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bu borada muhim ahamiyatga ega. Farmon bilan tasdiqlangan 2019 — 2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda 2019 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi soha rivojida yangi davrni boshlab beradi.

Har qanday sohada boʻlgani kabi sogʻliqni saqlashni takomillashtirishda ham milliy qonunchilik muhim oʻrin tutadi. Shu maʼnoda, tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini muhofaza qilish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining masʼuliyati hamda himoyalanganligini kuchaytirishga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiluvchi qonunlarni qabul qilish orqali tizimni takomillashtirish koʻzda tutilmoqda.

Jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etishni taʼminlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimini va hududlarda sogʻliqni saqlashni tashkil etishning “klaster” modelini shakllantirishga alohida eʼtibor beriladi. Tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish ham dolzarb ahamiyatga ega. Tibbiyot tashkilotlarini mulk shaklidan qatʼi nazar, akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimining joriy etilishi barcha tibbiyot tashkilotlarining bino va inshootlariga, tibbiy texnika va uskunalariga boʻlgan talabni birxillashtiradi. Natijada u davlat tibbiyot muassasasi boʻladimi yoki xususiy tashkilot boʻladimi, talabga javob bermasa, oʻz faoliyatini olib bora olmaydi. Faoliyatini tiklash uchun tibbiyot muassasasi tomonidan tashlangan har bir qadam, bu sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish sari tashlangan bir qadam demakdir.

Sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilash, tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari boʻyicha “har bir davolangan holat” uchun toʻlash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini tatbiq qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. Misol uchun, avvallari 100 qatnovga moʻljallangan poliklinikaga qatnov soniga qarab mablagʻ ajratilgan. Biroq u yerda faoliyat samarasi qay darajada, mablagʻ toʻgʻri yoʻnaltirilyaptimi kabi savollar bilan unchalik qiziqmasdik. Yangi tizimda esa aholi jon boshiga qarab mablagʻ ajratiladi va poliklinika hisobida turadi. Agar oʻziga biriktirilgan aholi oʻrtasida sogʻlom turmush targʻini taʼsirchan targʻib etsa, vaqtida profilaktika ishlarini olib borib, aholi salomatligini samarali himoyalay olsa, aksariyat mablagʻ poliklinikada qoladi. Mablagʻni poliklinika oʻz moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, xodimlarni ragʻbatlantirishga sarflashi mumkin. Konsepsiyada aks etgan har bir ustuvor yoʻnalishlarda ana shunday natijadorlikka erishish maqsad qilingan.

Saytimizni kuzatib boring, sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan yana koʻplab ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati haqida navbatdagi materiallarimizda berib boramiz.

Поделиться