O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gollandiya vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
2019-01-15 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi bilan xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Gollandiya Do‘stlik Fondi, Gollandiyaning “Halal Correct Certification” idorasi vakili janob Abubakr O‘zture joriy yilning 14 yanvar kuni Agentlik vakillari bilan uchrashdi.
Halal Correct Certification” idorasi Yevropadagi xalol sertifikatlashtirish idorasi bo‘lib, ushbu yo‘nalishda Malayziyaning Islom Taraqqiyot Departamenti (JAKIM), Indoneziyaning Ulamolar kengashi (The Indonesia Council of Ulama), Birlashgan Arab Amirliklarining Standartlashtirish va Metrologiya Tashkiloti (ESMA)ning halol yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni amalga oshiruvchi maxsus guvoxnomasiga ega. Shuningdek, u dunyoga mashxur “Nestle”, “Nactics”, “Indena”, “Danisco”, “Heinz” va “Anur” kompaniyalarini xalol standartlari talablari ostida sertifikatlashtirgan.
Uchrashuvda O‘zbekistonda SMIIC tashkiloti standartlari talablari asosida ishlab chiqilgan Halol standartlari va bu sohada Respublikamizda olib borilayotgan ishlar, halol oziq-ovqat, halol turizm, halol tekstil, halol tibbiyot kabi sohalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida asl qiyofasini yo‘qotmagan holda rivojlantirish, ushbu sohadagi mas’ul xodimlar uchun standartlar va sertifikatlashtirish talablari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, yuqori tajribaga ega bo‘lish kun mavzusiga aylandi.
Janob Abubakr O‘zture “O‘zstandart” agentligi vakillari bilan qo‘shma loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish, konferensiya, seminar va simpoziumlarni tashkil qilish hamda anglashuv memorundum imzolash to‘g‘risida kelishib olindi.