O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Viloyatda “Vatan himoyachilari” kuni keng nishonlandi
2019-01-15 | Jamiyat
Joriy yilning 13-yanvar kuni Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi.
Tadbirda viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, harbiy qismlar komandirlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha tashkilotlari rahbarlari, tumanlar, shaharlar sektorlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari “Mahalla” XJF, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat boʻlinmalari rahbarlari va faollari, faxriy harbiylar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda aholining kent qatlamlari ishtirok etishdi. “Xotira” maydonida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Gulchambar qoʻyish marosimidan soʻng, “Yoshlar markazi” majlislar zalida tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirni shahar hokimi T.Dadaboyev ochib berdi. Soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan samimiy qutlab, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri Nabiyev Abduqaxxor Xasanovichga “Sodiq xizmatlari uchun” medalini topshirdi.
Taqdirlash marosimidan soʻng, Navroʻz toʻyxonasida bayram ishtirokchilari uchun bayram dasturxoni yozilib, konsert dasturi tashkil etildi.