O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vaziri internet tarmoqlarini munatazam kuzatib borishini aytdi

2019-01-15 | Jamiyat

Ichki ishlar organlari tizimida aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyishga harakat qilinmoqda.

Hududlarda Ichki ishlar vazirining sayyor qabullari tashkil qilinib, muammolar hududning oʻzida oʻrganilmoqda. 2018 yilda 6 ming 200 dan ziyod fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, 3 ming 504 nafar fuqarolarning murojaatlaridagi masalalar ijobiy hal etildi. 
 
Shu bilan birga, 86 ming 523 nafar fuqarolar ichki ishlar organlarining rahbarlari tomonidan shaxsan qabul qilingan. Tizim boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning 393 ming 493 murojaati koʻrib chiqildi.
 
Internet tarmoqlarida vazirlik, uning sohaviy xizmatlari hamda tarkibiy boʻlinmalarining veb-sayt, “facebook”, “telegram” sahifalarining ochilishi orqali fuqarolarimiz ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinib, ularga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tezkorlik bilan malakali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi. 
 
Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida, aholi gavjum boʻlgan joylarga hududlardagi ichki ishlar boʻlinmalari rahbarlarining telefon raqamlari mavjud maʼlumotlar oʻrnatildi.
 
Jamoatchilik yordamida aholi bilan bevosita muloqotning yoʻlga qoʻyilishi, sektorlarga jalb qilingan xodimlar tomonidan fuqarolarning muammolarini ular murojaat qilishidan oldin aniqlab, bartaraf etish choralari koʻrilgani natijasida murojaatlar soni 127 mingtaga kamaygan.
 
Shuningdek, Ichki ishlar vaziri OʻzA muxbiri bilan suhbati davomida: “Biz internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib borib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekshirib, sinchkovlik bilan oʻrganamiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalashga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qatʼiyatlilik bilan davom ettiriladi”, dedi vazir. 
 

N.Abduraimova, OʻzA

Поделиться