O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston 2019-yilda Britaniyaliklar dam olishlari mumkin boʻlgan eng yaxshi 12 ta davlatdan biri

2019-01-15 | Turizm

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5611-son farmoni hamda “Turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ-4095-sonli qarori haqida eʼlon qilinganidan soʻng barcha mahalliy ommaviy axborot vositalari (OAV) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning nashrlari vizasiz rejim, E-VISA, chet el fuqarolari uchun Oʻzbekistondan turar-joy xarid qilish imkoni hamda mehmonxonalarda sayyohlar uchun yaratilgan qoʻshimcha qulayliklar va umuman turizm yoʻnalishidagi yangiliklar haqida juda ham koʻp materiallar chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasining maʼlumotiga koʻra, 2018-yil 31-dekabr kuni Buyuk Britaniyaning “Wales Online” internet nashri “The Hottest Holiday Destinations you should be visiting in 2019”, “2019-yilda dam olish uchun eng yaxshi joylar” sarlavhali maqola eʼlon qildi.

“Buyuk Britaniyada Brexit jarayoni davom etayotganiga qaramay 2019-yilda Britaniyalik sayyohlar borishi kerak boʻlgan, eng qiziqarli va ommabop maskanlar roʻyxati shakllantirilmoqda. Hozirgi kunda aholining 60 foizdan ortigʻi taʼtil paytida qayerga sayohat qilishlari haqida aniq tasavvurga ega emas”ligi taʼkidlangan.

“Wales Online” shu maqsadda britaniyaliklarga 2019-yilda maroqli dam olishlari va belgilangan taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun dunyoning 12 ta mamlakatini tavsiya etgan, ularning ichida Oʻzbekiston ham bor.

“Oʻzbekiston Buyuk Ipak Yoʻlining yoʻnalishlarida joylashgan afsonaviy mamlakatlardan biridir. Mamlakatda yangi Prezident boshchiligidagi istiqbolli islohotlarni amalga oshirilishi, ushbu jozibali va maftunkor mamlakatga sayohat qilishni ancha osonlashtirdi, va qolaversa kirish uchun talablar soddalashdi, erkin valyuta konvertatsiyasi joriy etildi va transport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi”, - deyiladi maqolada.

Shuningdek, ingliz nashri sayohatni mamlakatning eng yaxshi restoranlari joylashgan Toshkentdan boshlashni, keyin esa qadimiy va afsonaviy Xiva shahrida sayr qilishni tavsiya qilgan.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi havolalardan olishingiz mumkin:

https://www.walesonline.co.uk/whats-on/whats-on-ne...

Поделиться