O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-yilning 4-choragida byudjet tashkilotlarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari toʻgʻrisida maʼlumot
2019-01-14 | Iqtisodiyot
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-yilning 4-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari, jismoniy shaxslarning murojaatlari hamda reja asosida byudjet tashkilotlarida jami 1 969 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 717 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablagʻlar 29 mlrd.soʻmni, shundan kamomad va oʻzlashtirishlar 6 mlrd.soʻmni, noqonuniy xarajatlar 23 mlrd.soʻmni tashkil etdi.
Nazorat tadbirlarini oʻtkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan koʻrsatmalarga asosan aniqlangan 18,5 mlrd.soʻm miqdoridagi notoʻgʻri sarflangan mablagʻlarni belgilangan tartibda tiklanishi taʼminlandi hamda 871 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 91 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 59,8 mln.soʻm miqdorida maʼmuriy javobgarlikka tortildi.