O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Baxtiyor Sayfullayev Koreyaning Triple Crown Group tashkiloti vakili Jong Syon Yang bilan uchrashdi

2019-01-14 | Madaniyat

Joriy yilning 13-yanvar kuni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Koreya Respublikasi Triple Crown Group tashkilotining vakili Jong Syon Yang bilan uchrashdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi Evergreen Motors kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihalari asosida katta maydonda barcha shart-sharoitlari mujassamlangan majmua barpo etish masalalari muhokama qilindi. Unda ikki tomonlama turli fikrlar va takliflar almashildi, shu bilan birga janob Jong Syon Yang tomonidan investitsiyani aynan nima uchun Oʻzbekistonga yoʻnaltirilganligini aytib oʻtdi, chunki Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Rahbari Koreya Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi chogʻida, uning nutqlarini tinglagan Evergreen Motors kompaniyasining Bosh direktori shu qarorga kelgan ekan.

“Shuni taʼkidlash joizki, koreys xalqiga oʻzbek xalqining doʻstona munosabatlari 80 yil oldin boshlanganligi eʼtirof etish lozim. Bu munosabatlarni doim biz uchun muqaddasligi alohida aytishim zarur”-deb fikrini davom ettirdi Jong Syon Yang. Uning fikricha, agar ikki tomon xohlayotgan loyihalar amalga oshirilsa, yaʼni madaniyat va istirohat bogʻlarning zamonaviy usulda barpo boʻlishi, ikki davlatning oʻzaro hamkorligini yanada oshiradi.

Поделиться