O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vazirligi ham endilikda investitsiya jalb etadi

2019-01-14 | Madaniyat

Joriy yilning 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari borasidagi videoselektor yigʻilishiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi. Unda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoʻqon shahriga 2019-yilda jalb etiladigan investitsiyalar yoʻnalishlarini tushuntirib, qancha miqdorda investitsiya jalb etilishi topshirigʻi berildi.

Yigʻilishida yirik va muhim investitsiya loyihalarni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish masalalari boʻyicha tegishli boshqarmalarga ham vazifalar yuklatildi. Bular muzeylar, teatrlar, konsert-tomoshalar, bogʻlar va madaniyat markazlari misolida koʻrib chiqildi. Jami yil davomida Madaniyat vazirligi tomonidan 50 million xorijiy valyutada investitsiya kiritish maqsad qilib olindi.

Endilikda barcha rahbar xodimlar xorij mamlakatlariga safar xizmatiga yuboriladi, undan asosiy maqsad oʻz yoʻnalishi boʻyicha investitsiya jalb etish masalasidir.

Поделиться