O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot

2019-01-14 | Jamiyat

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.Musayev ishtirokida viloyatning bir qator yirik tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan davra suhbati oʻtkazildi.

Unda soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi asosida joriy yil 1-yanvardan soliq qonunchiligida tatbiq etilgan yangiliklar, tadbirkorlik subyektlari rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi.

Taʼkidlandiki, soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida soliqqa tortish tizimini tubdan isloh qilish, jumladan, soliq va majburiy toʻlovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish koʻzda tutilgan. Qulay raqobat muhitini yaratish, qonunchilikni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, yurtimizning investitsion jozibadorligini oshirish hamda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tadbirda tadbirkorlardan QQS, hisobotlarni soddalashtirish, tovarlar qoldigʻi bilan bogʻliq savollar koʻtarildi. Davlat soliq qoʻmitasi Raisi tomonidan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

– Bu kabi tadbirlarning tez-tez tashkil etilishi biz tadbirkorlar uchun katta ahamiyatga ega, – deydi “Navobod naslli parranda” fermer xoʻjaligi raisi Haydar Oʻroqov. – Ayniqsa, respublika darajasidagi rahbar bilan samimiy oʻtkazilgan davra suhbatida oʻzimizni qiziqtirgan savollarga javoblar olish bilan birgalikda, bir qancha takliflarni oʻrtaga tashladik. Davlat soliq qoʻmitasining Raisi bizni qiziqtirgan masalalarni atroflicha oʻrganib chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini maʼlum qildi. Bu albatta, biz tadbirkorlarni hursand qildi. Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisigaaylanib borayotganiga toʻla ishonch hosil qildim.

Shuningdek, tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga oʻtayotgan korxonalarga biriktirilgan xodimlari uchun amaliy seminar oʻtkazildi. Unda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash, QQS toʻlovchilar bilan ishlash tartiblari va mavzuga doir bir qator masalalar yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.

 

Davron RAVSHANOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi.

Поделиться