O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mardlar qoʻriqlaydi vatanni

2019-01-14 | Jamiyat

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 27 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimizda oʻtkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mutasaddi tashkilot vakillari, zaxiradagi ofitserlar, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” mavzuida harbiy chiqishlar namoyish etildi. Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy orkestr ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. “Turon” teatr studiyasi aktyorlarining yoshlarni vatanparvarlikka chorlovchi sahna koʻrinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Gulnoza Boboyeva, OʻzA

Поделиться