O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Turkiyada oʻzbek adabiyotini oʻrganishni tashkil etishda hamkorlikni kuchaytiradi

2019-01-14 | Ta’lim

Universitet oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda endilikda xalqaro miqyosda faoliyat koʻrsatishni boshladi. 2019-yilni amaliy ishlar bilan boshlagan universitet jamoasi rektor Shuhrat Sirojiddinov boshchiligida Turkiyaga xizmat safari tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida 2016-yilda tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qisqa vaqt ichida bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu kunga qadar ToshDOʻTAU dunyoning 50 dan ortiq taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi, 3 ta xalqaro assotsiatsiya (Koreya: Markaziy Osiyoni oʻrganish xalqaro assotsiatsiyasi, Rossiya: Butunjahon universitetlar assotsiatsiyasi, AQSH: Oʻzbekiston-Amerika jamiyati) aʼzosiga aylandi; Rossiya, Xitoy, Hindiston, Ozarbayjon Respublikalarida Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va madaniyati markazlari ochildi. Bugungi kunga kelib, ToshDOʻTAU yurtimizdagi 18 ta va xorijdagi 18 ta OTMlarda mavjud turdosh yoʻnalishlarga tayanch hisoblanadi.

Universitet oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda endilikda xalqaro miqyosda faoliyat koʻrsatishni boshladi. 2019-yilni amaliy ishlar bilan boshlagan universitet jamoasi rektor Shuhrat Sirojiddinov boshchiligida Turkiyaga xizmat safari tashkil etdi.

Safarning birinchi kunida Istanbulda joylashgan Turk adabiyoti fondi rahbari Oʻzjon Unlu bilan ilmiy hamkorlik boʻyicha shartnoma imzolandi. Shu kunning oʻzida Toʻpqopi saroy-muzeyi qoʻlyozmalar fondi bilan hamkorlik oʻrnatildi. Mazkur shartnomaga asosan Alisher Navoiy va oʻzbek adabiyoti namoyandalarining asarlarini hamkorlikda oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bu milliy adabiyotimizning ushbu fondda mavjud mumtoz namunalarini qoʻlyozma holida oʻqish va asliyatidan tahlil qilish demakdir.

Soʻngra maʼmuriy binosi Istanbulda joylashgan Turk dunyosi tadqiqot fondi bilan ham shartnoma tuzildi. Turkiy xalqlarning tili, adabiyoti va madaniyatini asrab-avaylash hamda targʻib etish borasida koʻplab loyihalarni amalga oshiruvchi bu fond endi oʻzbek tili va adabiyoti universitetining ham yaqin maslakdosh hamkoriga aylandi.

Safarning ikkinchi kunida esa Turkiyaning mashhur Karabuk universitetida “Dunyo tamaddunida muhim oʻrin tutgan shaxslar: Alisher Navoiy” mavzusida ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi.Anjuman Karabuk universiteti Chingiz Aytmatov nomidagi Turk dunyosi tadqiqotlar markazi, “Turkiyadagi oʻzbek talabalar” jamiyati hamda Adabiyot klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, uning doirasida Oʻzbekistonning madaniy yodgorliklari aks ettirilgan fotosuratlar koʻrgazmasi

boʻlib oʻtdi. Anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov soʻzga chiqdi va yurtimizdagi
tub islohotlar, taʼlim sohasiga oʻzgarishlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan qabul qilgan Farmonlarining mazmun-mohiyati, turkiy tilli davlatlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy
jihatlari xususida toʻxtaldi, “Alisher Navoiyning valiylik fazilatlari” mavzusida maʼruza qildi. Anjumandan soʻng Karabuk universiteti rektori bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

Shu kuni dunyoga mashhur Turk til qurumi bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Mazkur qurum boshligʻi professor Gurer Gulsevin ToshDOʻTAU bilan suhbatda kelgusi yillarda oʻzbek adabiyotining mumtoz namunalari koʻp nusxada nashr qilish, zamonaviy oʻzbek adabiyotini targʻib qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilishini qayd etdi.

Qolaversa, Anqara shahridagi mashhur Xoja Bayram Vali universiteti bilan ham mustahkam hamkorlik oʻrnatildi. Ikki tomonlama shartnoma imzolanib, hamkorlikning istiqbol rejalari muhokama qilindi.

Koʻjatepa Afyon universiteti ham ToshDOʻTAUning yaqin hamkorlaridan biriga aylandi. Mazkur universitet bilan siyosatshunoslik fanlari doirasida manfaatli loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Muzokaralar natijasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Turkiyaning Karabuk universiteti bilan ilmiy-maʼrifiy, turizm; Afyon universiteti bilan sotsiologiya, Xoja Bayram Vali universiteti bilan kompyuter grafikasi va dizayn sohalarida qoʻshma dasturlar tuzish borasida kelishuvga erishdi.

Поделиться