O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb etish - hududlarning rivojlanish va ish oʻrinlarini yaratishning muhim omili

2019-01-14 | Iqtisodiyot

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad – biznes-subyektlari, shu jumladan, xorijiy investorlar bilan bevosita muloqot qilish, ish oʻrinlarini yaratish, iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirish, eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, hududga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish uchun mavjud toʻsiq va gʻovlarni aniqlash, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishda yordam koʻrsatishdan iborat.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi davlatning iqtisodiy jozibadorligini koʻrsatuvchi tashrif qogʻozi hisoblanadi. Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyati erkinligini taʼminlash, ruxsat berish amaliyotlarini soddalashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat tomonidan tartibga solishni kamaytirish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Aynan shuning uchun mamlakatda qulay investitsiya iqlimini yaratish davlat siyosatining istiqbolli yoʻnalishlaridan biri sifatida koʻrib chiqilmoqda. 2019-yil 8-yanvar kuni Prezident raisligida boʻlib oʻtgan mazkur yilga moʻljallangan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilish buning yorqin dalilidir.

Yigʻilishda yirik loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni soʻzsiz amalga oshirish, xorijiy investorlarga har tomonlama yordam koʻrsatish hukumatning muhim vazifalaridan etib belgilandi. Ayniqsa, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el kapitalini qurilishga ajratilgan mablagʻ hisobiga hududiy loyihalarni amalga oshirishga eʼtibor qaratildi.

Masalan, Sirdaryo viloyatida 2018-yil 19-dekabrda Prezident qarori bilan tasdiqlangan 8 ta toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarni jalb etish bilan yoʻli amalga oshiriladigan loyihalar 2019-yilda hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi doirasida amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Xususan, Guliston tumanidagi toʻqish iplarini ishlab chiqaradigan tashkilot Buyuk Britaniyaning “Yevro kotton impeks Ko., LTD.” kompaniyasi bilan hamkorlikda Sirdaryo tumanida toʻrtta loyiha amalga oshirildi. Ulardan ikkitasi – Xitoy, ikkitasi esa Ozarbayjon investorlari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Ularni amalga oshirish Sirdaryo viloyatining mazkur tuman hududida irrigatsiya tizimlari va poliyetilen tarnovlari uchun charm teridan buyumlar, lotoklar, bino va inshootlar uchun metall konstruksiyalar, samorez, elektrod va metall prokatning turli koʻrinishlarini chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga imkon beradi. Shuningdek, Sayxunobod tumanida “Stepova grupp” qoʻshma korxona MCHJ negizida meva va sabzavotlarning logistika markazini yaratish koʻzda tutilgan. 90 million dollarlik loyihani investitsiya qilayotgan Singapurning “Iternopikko privayt limited” kompaniyasi xorijiy investor sifatida bu yerda ishtirok etmoqda.

Ishchi guruhi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatidagi toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirilish jarayonini oʻrgandi. Tadbirkorlar bilan uchrashuv vaqtida huquqiy kafolatlarni mustahkamlash, xorijiy investorlar uchun tizimga imtiyoz va preferensiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyati tushuntirildi. Investitsiya faolligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarining oqimini jiddiy ravishda koʻpaytirish uchun “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ushbu yoʻnalishdagi meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirishni davom ettirish koʻz tutilganligi taʼkidlandi.

Monitoring va uchrashuv yakunlariga koʻra, investitsiya loyihalari, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar qabul qilindi, qoʻshimcha loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.

Поделиться