O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi yilda yangi binolar foydalanishga topshirildi!
2019-01-11 | Jamiyat
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan sud-huquq tizimini isloh qilishda prokuratura organlarining vakolatlari kengaytirilishi bilan bir qatorda, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda ish sharoitlarini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Buning tasdigʻi sifatida, yangi yilning ilk kunlaridan Jondor, Vobkent, Olot, Gʻijduvon, Peshkoʻ tumanlarida prokuratura, Majburiy ijro byurosi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti boʻlimlarining yangi maʼmuriy binolarini tantanali ochilish marosimlari oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi Oʻ.Barnoyev, viloyat prokurori B.Valiyev, faxriy prokuratura xodimlari, viloyat huquq-targʻibot organlari rahbarlari, mahalliy ijro organlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Viloyat hokimi oʻz nutqida prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, qonun ustuvorligini taʼminlash borasidagi mashaqqatli va sharafli kasblarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda mazkur yangi binolar xalqimizga tezkor, qulay va shaffof xizmatlarni taqdim etishga xizmat qilishi zarurligini taʼkidladi.