O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Poytaxt bank” oʻz faoliyatini boshladi
2019-01-11 | Iqtisodiyot
Toshkent shahrida yangi “Poytaxt bank” oʻz faoliyatini boshladi. Bank poytaxtda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan. Endilikda bu yerda 130 ga yaqin xodimlar mijozlarga xizmat koʻrsatadi.
Bank toʻliq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankning afzalliklaridan biri, interaktiv xizmatlarning yoʻlga qoʻyilganligi. Unga koʻra, mijoz hatto bankka kelmagan taqdirda ham hisob raqami ochilishi va boshqa xizmatlarni masofadan turib amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi bankomatlar haftaning har kuni 24 soat davomida faoliyat olib boradi hamda bank tariflari boʻyicha ham mijozlarga koʻplab qulayliklar mavjud.
Yangi bank Toshkentda koʻp qavatli uylarni qurish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni koʻzda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirib, investitsion faoliyatni olib boradi.