O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yosh ixtirochilar tanlovi
2019-01-11 | Innovatsiya
Joriy yilning 17 yanvar kuni yoshlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Toshkent Politexnika muzeyi xamkorligida tanlov boʻlib oʻtadi.
Ushbu tanlovda yurtimizda bilim olib kelayotgan iqtidorli va innovatsion texnologiyalarga qiziquvchi maktab, kollej oʻquvchilari, universitet, institut talabalari oʻz ixtirolari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirokchilarning loyihalari xakamlar xayʼati tomonidan baxolanadi.
Arizalar 14 yanvargacha qabul qilinadi.
Tadbir Toshkent Politexnika muzeyida boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun:
Telefon: +99871 2323430