O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Samarqandda
2019-01-11 | Madaniyat
Joriy yilning 10-yanvar kuni Samarqand shahridagi viloyat qoʻgʻirchoq teatrida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Samarqand viloyatidagi madaniyat va sanʼat muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Madaniyat vaziri yigʻilishni ochiq muloqot shaklida oʻtkazib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qarorlar mazmun-mohiyati va soha vakillarining bu boradagi vazifalari xususida aytib oʻtdi.
Samarqand doimo oʻzining betakror sanʼati va respublikamiz madaniyati rivojiga munosib hissa qoʻshib kelgan. Shu bois viloyatning bu yoʻnalishdagi ishlarini yanada rivojlantirish, sohaga innovatsion yangiliklarni kiritish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish vazifalari qoʻyildi.Uchrashuv oʻzaro savol-javob tarzida oʻtdi.
Tadbir soʻngida sohada alohida yutuqlarni qoʻlga kiritgan madaniyat muassasalariga vazirlikning esdalik sovgʻalari topshirildi.