O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi: aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari notarial harakatlar uchun toʻlanadigan pullik xizmat toʻlovlaridan ozod qilindi

2019-01-11 | Jamiyat

Soliq kodeksining 331-moddasiga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari notarial xizmatlardan foydalanganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan edi.

Biroq, mazkur shaxslar notarial harakatni rasmiylashtirganda huquqiy maslahat berganlik, hujjatlar loyihasini tuzganlik va mol-mulkka nisbatan taqiq tekshirilganligi uchun haq undirish masalasi ochiq qolgan edi.

Endilikda 2019-yilning 10-yanvaridan boshlab aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari hamda ayrim tashkilotlar notariusga murojaat qilganda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod qilindi.

Ushbu oʻzgartirish Prezidentimiz tomonidan 2019-yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Adliya vazirining joriy yil 9-yanvar kuni imzolangan buyrugʻiga asosan tatbiq etilmoqda.

Misol uchun, bugunga qadar pensiyadagi shaxs pensiya pullarini olish uchun biror shaxsga ishonchnoma berganda notariuslar tomonidan eng kam oylik ish haqining 15 foizi, yaʼni 30 409 soʻm miqdorida pullik xizmat undirib kelingan edi.

Bundan buyon, nafaqadagi shaxs pensiya pullarini olish uchun ishonchnoma berganda notariuslar tomonidan hech qanday toʻlovlar undirilmasligi belgilandi.

Maʼlumot uchun: 2018-yil davomida jami 117 102 ta bunday turdagi ishonchnomalar tasdiqlangan boʻlsa, undiriladigan huquqiy va texnik tusdagi harakatlar uchun toʻlov miqdori 2 mlrd. 374 mln. soʻmni tashkil etgan.

Shuningdek, notarial xizmatlar uchun toʻlanadigan pullik xizmat toʻlovlaridan ozod qilinadigan shaxslar toifalariga ham aniqlik kiritildi. Bular:

Fuqarolar:

─ pensiyalar va nafaqalarni olish uchun zarur boʻlgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari tasdiqlaganda;

─ mol-mulkni davlat foydasiga vasiyat yoki hadya qilganda;

─ Vatanni himoya qilish chogʻida halok boʻlgan shaxslarning mol-mulki uchun meros guvohnomalar berganda;

─ meros qoldiruvchi bilan bitta uyda doimiy roʻyxatda boʻlgan va uning vafotidan keyin xam shu manzilda yashayotgan shaxslarga meros guvohnomalar berganda;

─ meros qoldiruvchining intellektual mulk huquqlari uchun meros guvohnomalar tasdiqlaganda;

─ banklardagi omonatlar, sugʻurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqi summalari uchun meros guvohnomalar tasdiqlaganda;

─ pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlaganda;

─ surunkali ruhiy kasallikka chalinganlarning vasiylariga mol-mulkka vorislik guvohnoma berganda;

─ ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisada vafot etgan xodimning ish beruvchi hisobidan sugʻurtalangan puliga meros guvohnoma berganda;

─ 1941—1945-yillardagi urush, Afgʻoniston Respublikasida baynalmilal va Chernobil AESining avariya oqibatlarida qatnashgan shaxslar hamda halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslarning oila aʼzolariga imtiyozlar berilishi uchun hujjatlarning nusxalarini tasdiqlaganda.

─ fermer va dehqon xoʻjaligida ishlayotgan merosxoʻrlarga ushbu xoʻjalikka tegishli mol-mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganda;

─ kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish yuzasidan ijro yozuvlarini tasdiqlaganda;

─ mualliflik huquqi mukofotlarini undirishga qaratilgan ijro yozuvlarini amalga oshirganda;

─ sugʻurta pullarini undirish yuzasidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma tasdiqlaganda.

Tashkilotlar:

─ soliq va moliya organlariga davlatning mol-mulkiga nisbatan meros guvohnomalar berganda;

─ maktab-internatdagi va ixtisoslashtirilgan maktablardagi oʻquvchilarning ota-onalaridan maktab taʼminoti uchun qarzlarni undirish boʻyicha ijro yozuvlarini amalga oshirganda.

Joriy etilayotgan ushbu yangilik aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga imtiyozli tarzda notarial xizmatlar koʻrsatishga imkon beradi.

Поделиться