O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi investitsion loyiha muhokama qilindi

2019-01-11 | Ta’lim

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida “Agev Investment Limited” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbariyati, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim vazirliklari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi vakillari, Toshkent shahar hokimligi mutaxassislari hamda “Agev Investment Limited” kompaniyasi rahbari Akag Garg, “Dentreyder” kompaniyasi rahbari Narimon Alixodjayevlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda xorijlik investorlar bilan Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Minerva University of Uzbekistan” oʻquv kompleksini qurish loyihasi muhokama qilindi. Tomonlar mazkur investitsion loyihani tashkil etish, uning samarali ish faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.

Поделиться