O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Onkoepidemiologik monitoring dasturi yaratildi
2019-01-10 | Fan
Tibbiyot xodimlari Almuxamedova Barno, Aliyeva Dilfuza, Sabirova Diloromlar tomonidan onkoepidemiologik monitoring uchun moʻljallangan dastur yaratildi. Dastur bemorlarning tekshiruv maʼlumotlarini, shu jumladan, ultratovush tekshiruvlari natijalarini toʻplash, kiritish va saqlash hamda zaruriy davolanishni tanlash kabi funksional imkoniyatlarga ega.
Mualliflar tomonidan kombinatsiyalangan radikal davolash dasturlaridan foydalangan holda maxsus terapiya usullari takomillashtirildi, onkologik epidemiologik vaziyatni tibbiy va statistik tahlil qilish tamoyillaridan foydalanib bachadon boʻyni saratoni xavfining oldini olish, erta tashxislash va prognoz qilish uchun optimal usullar ishlab chiqildi. Ushbu dastur amaliy tibbiyotda bemorlar shifoxonaga yotqizilganda va davolash jarayonida ishlatilishi mumkin.
Dastur mualliflariga DGU 05750-raqamli guvohnoma berildi.